TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi, masala yuzasidan viloyat hokimi, senator Xayrullo Bozorov ma’ruza qilgan.
"Tumanning avvalgi hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Vazirlar Mahkamasiga ishga o‘tganligi munosabati bilan viloyat hokimining qaroriga ko‘ra tuman hokimi vazifasidan ozod qilindi.
Hozirgacha "Namangan hududiy elektr tarmoqlari" AJ boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelgan Shuhratjon Abdulhayevich Davronov tuman hokimi etib tayinlandi, viloyat hokimining shu haqdagi qarori sessiyada bir ovozdan tasdiqlandi", — deyiladi xabarda.