Tojikistonda yoshlarga kech soat 6dan so‘ng internet-kafelarga kirish taqiqlandi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishGeymeri
Geymeri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu taqiqni buzganlarning ota-onalari javobgarlikka tortiladi. Internet-kafelar, restoranlar va bukmekerlik kontoralari taqiqlangan maskanlar ro‘yxatiga kiritildi

TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Tojikiston ichki ishlar vazirligi 20 yoshga to‘lmaganlarning soat 18:00dan so‘ng ko‘ngilochar maskanlarga kirishi taqiqlangani haqida ogohlantirish e’lon qildi.

Ushbu taqiqni buzganlarning ota-onalari javobgarlikka tortiladi. Internet-kafelar, restoranlar va bukmekerlik kontoralari taqiqlangan maskanlar ro‘yxatiga kiritildi.

"Yoshingiz 19dan o‘tgan bo‘lsa va internet-kafega kirishingiz judayam zarur bo‘lsa, tavakkal qilmang, yaxshisi ota-onangiz bilan birga kiring", — deydi yurist Abdurahmon Sharipov Sputnik Tojikistonga bergan intervyusida.

Uning aytishicha, bunday joylarga pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan borish lozim. Shuningdek, internet-kafega borishdan oldin 20 yoshga to‘lmaganlar ota-onasini ogohlantirib qo‘yishgani ma’qul.

Kompyuter o‘ynayotgan bolalar - Sputnik O‘zbekiston
Kompyuter bolalari yoxud Internetga tobe taqdirlar

"Internet-kafelardagi profilaktik tekshiruvlar chog‘ida tartib posbonlari o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilishlari mumkinligi ehtimoldan xoli emas. Shuning uchun yoshlar yonlarida doimo hujjat olib yurishlari va telefon orqali militsiya xodimini ota-onalari bilan suhbatlashishini ta’minlashlari kerak. Aks holda uning shaxsini tasdiqlash uchun uchastka bo‘limiga olib ketishadi", — deydi yurist.

Sharipov shuningdek, yoshlar tekshiruvlar chog‘ida vahimaga tushmasliklari yoki janjal ko‘tarmasliklari kerakligini aytadi, aks holda ular militsiya uchastkasida ro‘yxatga tushishlari mumkin.

Yuristning aytishicha, IIVning bunday qarori bejizga chiqarilmagan — keyingi yillarda Tojikistonda yoshlarning jinoyat sodir etish hollari ko‘paygan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, keyingi 5-yilda yoshlar tomonidan 3,5 mingta jinoyat sodir etilgan bo‘lib, eng ko‘pi 2015-yilda — 772-marta jinoyatga qo‘l urilgan.

"Bundan tashqari, yoshlarning nazorat qilib bo‘lmaydigan tarmoqlar orqali turli ekstremistik va terrorchilik guruhlariga qo‘shilib ketayotganligi ham qattiq tashvishga solmoqda. Shuning uchun qonun doirasidagi bunday nazoratni oqlash mumkin", — deydi Sharipov.

IIV mazkur cheklov Tojikiston Respublikasining "Ota-onalarning farzand tarbiyasi va o‘qishi uchun javobgarligi haqida"gi qonunining 8-moddasi 1-qismi 9-bandida ko‘rsatib o‘tilganligini ma’lum qilgan.

Yangiliklar lentasi
0