TOShKENT, 24 fev — Sputnik. 23-fevral kuni Farg‘ona shahrida joylashgan "Farg‘onaazot" AJda portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.
Xabarga ko‘ra, portlash soat 16:30da zavodning ammiak sexida olib borilayotgan ta’mirlash-montaj ishlari paytida yuz bergan. Hodisa oqibatida qurbon bo‘lganlar bor.
Voqea sabablarini o‘rganish va baxtsiz hodisadan zarar ko‘rganlarning oilalariga kerakli yordam ko‘rsatish bo‘yicha xukumat komissiyasi tuzildi.