Olimlar: odamlar o‘z kelajagini bilishni istamaydi

© Sputnik / Oleg Lastochkin / Mediabankka o‘tishFolbin
Folbin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Olimlar odamlarning deyarli hech biri o‘z kelajagini bilishni xohlamasligini aniqladilar

TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Faqat 1 foiz odamlargina har qanday sharoitda ham o‘z kelajagidan boxabar bo‘lishni istashadi, ularning 10%i esa ro‘y berishi mumkin bo‘lgan yomon hodisalarni oldindan bilish qobiliyatiga ega bo‘lishni xohlaydilar, Psychological Review nashrida e’lon qilingan maqolada ruhshunoslar xuddi shunday ta’kidlashgan. RIA Novosti xabari asosida.

Taniqli ekstrasensdan shov-shuvli bashorat - "Bu mashhur o‘ladi"
"Priam qizi Kassandra kelajakni ko‘ra olish qobiliyatiga ega, ammo shu bilan birga u la’natlangan bo‘lgani uchun uning bashoratlariga hech kim ishonmasdi. Biz shuni aniqladik-ki, odamlar Kassandrani mashhur qilib yuborgan iqtidorga ega bo‘lishdan ko‘ra, undan voz kechishga ko‘proq moyil. Odamlar kelajakni oldindan bilish xususiyati tufayli jafo chekishni va pushaymon bo‘lishni istashmaydi. Ular yaxshi voqealarni kutib, ulardan rohatlanib yashashni xohlaydilar", — deb hikoya qilgan Berlindagi Inson taraqqiyoti instituti xodimi Gerd Gigerenser.

Ma’lum bo‘lishicha, Gigerenser o‘z hamkasblari bilan Germaniya va Ispaniya aholisi kelajakni oldindan bilish singari "superiqtidor"ga qanday munosabatda ekanini aniqlashga uringanlar.

Olimlar ikkala davlatda ikki mingga yaqin odamlarga shu savol bilan murojaat qilib, kutilmagan xulosaga keladilar — respondentlarning 1% oqibati qanday bo‘lishidan qat’i nazar o‘z kelajagidan boxabar bo‘lishni, 10%i ko‘ngilsiz hodisalarni oldindan bilish xususiyatiga ega bo‘lishni va 30%i esa xursandchilik olib keladigan voqealarni oldindan bilishni istashlarini ma’lum qilishgan.

Yangiliklar lentasi
0