TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Toshkent shahrida yorqin sariq hoshiyali «Piyodalar o‘tish joyi» yo‘l belgilari o‘rnatilmoqda, deb xabar beradi Nuz.uz.
Bu yo‘l belgisiga nur qaytaruvchi plonka tortilgan bo‘lib, belgi kunning qorong‘u vaqtida ham yaxshi ko‘rinadi.
Toshkent IIBB YHBB OAV va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi inspektori Alisher Abduqodirovning aytishicha, belgilar Keles yo‘li va Mehr ko‘chalari, "Chilonzor" metro bekati yaqinida hamda Kichik halqa yo‘li bo‘ylab o‘rnatilgan.
"Kelgusida nur qaytaruvchi belgilar shaharning boshqa piyodalar o‘tish joylarida ham o‘rnatiladi", — degan u.
Ilgariroq O‘zbekistonda piyodalarning yo‘l qoidasini buzganligi uchun jarimaga tortilayotgani haqida xabar berilgandi.