O‘zbekistonlik o‘qituvchi "Runet qirolichasi - 2017" unvoniga da’vogarlik qilmoqda

Dilnavoz Boynazarova
Dilnavoz Boynazarova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Runet qirolichasi - 2017" xalqaro go‘zallik tanlovi chorak finalida Rossiya, O‘zbekiston, Gruziya, Ispaniya, Fransiya kabi mamlakatlardan 33 nafar yosh ona qatnashmoqda

TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Urganch shahridagi 10-maktabning informatika fani o‘qituvchisi Dilnavoz Boynazarova "Runet qirolichasi — 2017" xalqaro go‘zallik tanlovi yarim finaliga chiqish uchun kurash olib bormoqda.

Dilnavoz Boynazarova 24 yoshda, turmushga chiqqan va bir farzandning onasi.

© Mejdunarodniy konkurs krasotiDilnavoz Boynazarova
Dilnavoz Baynazarova - Sputnik O‘zbekiston
Dilnavoz Boynazarova

"Runet qirolichasi — 2017" xalqaro go‘zallik tanlovi chorak finalida Rossiya, O‘zbekiston, Gruziya, Ispaniya, Fransiya kabi mamlakatlardan 33 nafar yosh ona qatnashmoqda. Eng ko‘p sms-ovoz olgan 15 nafar ishtirokchi yarim final bosqichiga o‘tadi.

Sms-ovoz berish 2017-yilning 28-fevral kuni Moskva vaqti bilan soat 12:00da yakunlanadi.

Finalda besh nafar ishtirokchi qatnashadi. Ularning uchtasi sms-ovoz berish natijalariga ko‘ra aniqlanadi. Qolgan ikki ishtirokchi esa hozirda Yaqin Sharq mamlakatlarida bo‘lib o‘tayotgan kastinglar orqali aniqlanadi.

Tanlov g‘olibasi 500 000 rubl pul mukofoti, toj, hamkorlarning sovg‘alari bilan taqdirlanadi hamda "Koinot go‘zali — 2017" xalqaro go‘zallik tanlovi hay’ati tarkibida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. Ikkinchi va uchinchi o‘rin sohibalarini ham sovg‘alar kutadi.

Yangiliklar lentasi
0