O‘zbekistonda yangi sog‘liqni saqlash vaziri tayinlandi

© adolat.uzAlisher Kayumovich Shadmanov
Alisher Kayumovich Shadmanov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi sog‘liqni saqlash vaziri etib Alisher Qayumovich Shodmonov tayinlandi.

TOShKENT, 21 fev – Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot-kotibi Furqat Sanayev nuz.uz nashriga xabar berishiga ko‘ra, vazirlikka yangi rahbar tayinlangan.

O‘zbekiston yangi sog‘liqni saqlash vaziri etib Alisher Qayumovich Shodmonov tayinlandi. Ushbu lavozimda 2016-yilning dekabr oyidan boshlab ishlab kelayotgan Adham Ikramov bosh vazir o‘rinbosari lavozimida ishlashni davom ettiradi.

Tibbiyot fanlari nomzodi Alisher Shodmonov 55 yoshda. Shodmonov ushbu kunga qadar Oliy Majlis qonunchilik palatasining fan, ta’lim, madaniya va sport qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan.

Yangiliklar lentasi
0