TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Kaliforniyadagi Orovill shahri va Tojikistondagi Rog‘un GESini nima birlashtiradi, ota-ona farzandiga pasport olib berishga majburmi, naqd pulingiz yo‘q bo‘lsa, plastigingiz bormi, haydovchilar uchun xushxabar, kasalxonaga dori olib kelishingiz shartmas, naushnik taqib yo‘lni kesib o‘ta ko‘rmang…
Vahimada qolgan AQSh va yuvilib ketishi mumkin bo‘lgan Rog‘un
AQShning Kaliforniya shtati Orovill shahrida joylashgan eng baland to‘g‘oni "tanasida" hosil bo‘lgan yoriqlar tufayli ekspertlar to‘g‘onning vayron bo‘lishi mumkinligidan xavotirga tushdilar. Yuz minglab odamlar o‘z yashash joylaridan evakuatsiya qilina boshladi.
O‘zbekistonda voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarini bajarmagan ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilishi belgilangan.
Ana shunday majburiyatlar sirasiga farzandiga o‘z vaqtida pasport olib berish ham kiradi.
Farzandi 16 yoshga to‘lgan bo‘lsa-da, fuqarolik pasporti olib bermagan ota-onalarni nima kutadi?
Mashinasi borlar uchun ajoyib xushxabar. Endi O‘zbekistonda o‘nqir-cho‘nqir yo‘llar bo‘lmaydi. Chunki O‘zbekiston prezidenti 2017-2018-yillarda mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish dasturini tasdiqladi.
Hujjatga ko‘ra, 2017-2018-yillarda 5454 kilometr, 2017-yilda 2700 kilometr, 2018-yilda 2754 kilometr xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari, shaharlar, shahar posolkalari, qishloq va ovullarning ko‘chalarini kapital va joriy ta’mirlash belgilangan.
Bu borada yana qanday ishlar amalga oshirilishi haqida esa quyida o‘qing.
Shu yilning 1-martidan O‘zbekistondagi chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi barcha tadbirkorlik subyektlarida terminallar bo‘lishi majburiy hisoblanadi. Bu O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarorida belgilab qo‘yildi.
Bundan tashqari, plastik kartochkalar orqali to‘lov qilmoqchi bo‘lgan xaridorlarga yuqori narxlar belgilanishiga yirik miqdordagi jarimalar belgilanadi. Agarda chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik subyektlari naqd yoki karta orqali hisob-kitob qilish shakliga qarab narxlarni sun’iy ravishda oshirsa yoki tushirsa, buning uchun eng kam ish haqining 30 baravari miqdorida jarima qo‘llanadi
Ana endi naqd pulim yo‘q deb o‘ylanmasangiz ham bo‘ladi. Chunki plastikdagi pul ham pul.
O‘tgan haftada Toshkent shahar hokimi chiqargan qarorga ko‘ra, Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi tizimidagi shifoxonalarga dori-darmon va bog‘lov vositalarini xarid qilish uchun ajratilayotgan mablag‘lar kamida ikki barobarga oshiriladi.
Eng muhimi, bemorlarni tibbiyot muassasasida mavjud dori-darmon vositalari bilan tanishtirib borish maqsadida barcha palatalarda dori-darmon vositalarining ro‘yxatlari o‘rnatilib, bemorlar tomonidan olib keltirilishiga qat’iyan chek qo‘yiladi.
Qarorda yana nimalar belgilanganligi bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.
Farzandingizning smartfonini tez-tez tekshirib turishni unutmang. Chunki o‘smirlarni o‘z joniga qasd qilishgacha olib boradigan "Ko‘k kitlar" deb nomlangan o‘yin Toshkentgacha yetib keldi. Internetdagi ijtimoiy tarmoq va messenjerlarda bu xavfli o‘yindan ehtiyot bo‘lishga chaqiruvchi ogohlantirishlar tez-tez ko‘zga tashlanmoqda.
Mazkur guruhlarning xavfli jihatlari va ulardan qanday saqlanish mumkinligi haqida bilishni istasangiz, mana bu maqolani o‘qing.
O‘zbekistonda piyodalarga jarima solish boshlandi. Bu xabarning qanchalik haqiqat ekanligini sinab ko‘rmoqchimisiz? Buning yo‘llari ko‘p. Xususan, yo‘lni faqat piyodalar o‘tish joyidan kesib o‘tish, yo‘lni kesib o‘tayotganda diqqatni jalb qiluvchi boshqa ishlar (musiqa eshitish, kitob o‘qish, telefon o‘ynash va ho kazo) bilan shug‘ullanmaslik lozim. Mana shu qoidalarga amal qilmasangiz sizga eng kam ish haqining uchdan bir qismi miqdorida jarima belgilanadi.
Bu haqda batafsil quyida o‘qiysiz.