O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi keskin oshdi

Obuna bo‘lish
Dollarning bugungi kundagi rasmiy qiymati 3309 so‘m 35 tiyinga teng

TOShKENT, 20 fev — Sputnik. Dollarning rasmiy kursi misli ko‘rilmagan darajada oshmoqda, deb xabar bermoqda nuz.uz. O‘zbekiston Markaziy bankining ma’lumotiga ko‘ra, 21-fevraldan boshlab 1 AQSh dollarining qiymati 3356 so‘m 87 tiyin etib belgilandi.

Oradagi farq 47 so‘m 52 tiyinni tashkil etadi. Dollarning bugungi kundagi kursi 3309 so‘m 35 tiyinga teng.

Eslatib o‘tamiz, mazkur qiymat valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlar uchun belgilangan.

Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Yangiliklar lentasi
0