TOShKENT, 20 fev — Sputnik. Toshkentda ochilishi kutilayotgan AYoQShda faqat Rossiyada ishlab chiqarilgan yonilg‘i sotiladi, deb xabar qilmoqda kompaniya o‘zining rasmiy sahifasida.
"Do‘stlar, "Lukoyl" AYoQShida "Lukoyl"ning Rossiya Federatsiyasi hududida joylashgan zavodlarida ishlab chiqarilgan yonilg‘i sotiladi", — deyilgan rasmiy xabarda.
Hozirgi kunda kompaniya Toshkentda ishga tushirish rejalashtirilgan birinchi "Lukoyl" AYoQShi ochilish arafasida turibdi. Hozircha e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu yonilg‘i quyish shaxobchasida Yevro-5 standartiga mos keladigan AI-92, AI-95 va dizel yonilg‘isi sotiladi.
Hisob-kitob naqd pul yoki Visa, Master card, Uzcard kabi to‘lov kartalari orqali amalga oshiriladi.