Atambayev: Qirg‘izistonda kim prezident bo‘lishini Moskva ham Vashington ham hal qilmaydi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishAlmazbek Atambayev
Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin fevral oyining oxirida Qirg‘iziston va Tojikistonga rasmiy tashrif bilan kelishi kutilmoqda.

TOShKENT, 20 fev — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti  Almazbek Atambayev Euronews telekanaliga bergan intervyusida, OAVlarda tarqalgan ayrim xabarlarni "mutlaq bema’ni" dedi.

Xususan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin yaqinda rejalashtirilayotgan tashrifi davomida Kremlga xush yoqqan nomzodni ko‘rsatadi, deyilgan xabarni.   

"Bu haqida mamlakatni butunlay bema’ni holatga olib kelgan ayrim siyosatchilar gapirmoqda. Oldin Qirg‘iziston qo‘shnilarga bog‘liq edi. Ular gazni, elektr ta’minotini yoki chegarani yopib qo‘yishlari mumkin edi. Bugun biz butunlay boshqa mamlakat. Vladimir Putin kelish sababi esa butunlay boshqa. Biz muhokama qilishimiz kerak bo‘lgan ko‘plab masalalar bor. Qirg‘izistonda kim prezident bo‘lishini esa Moskva ham Vashington ham hal qilmaydi. Buni Qig‘iziston fuqarolarining o‘zi hal qiladi, menga ishonavering. Bugun biz boshqa mamlakat, boshqa xalq. Biz o‘z masalalarimizni o‘zimiz hal qilamiz", — dedi Almazbek Atambayev.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin fevral oyining oxirida Qirg‘iziston va Tojikistonga rasmiy tashrif bilan kelishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0