TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida kam ta’minlangan oilalarga 20 donadan jo‘ja tarqatildi.
Tuman hokimligining fikricha, bu aholining parrandachilikka bo‘lgan qiziqishini oshiradi.
9 Fevral 2017, 16:04
Tuman hokimligi vakili Qodir Rizayevning aytishiga ko‘ra, tumanda 257 nafar kam ta’minlangan oila bo‘lib, har bir oilaga 20 donadan jo‘ja berildi, deb yozadi Sputnik Tojikiston.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga tashrifi vaqtida aholi daromadini oshirish, xususiy tadbirkorlik va parrandachilikni rivojlantirish haqida gapirib o‘tgandi.
