TOShKENT, 17 fev — Sputnik. "Toshkent shahar hokimligi kompyuterlashtirish markazi" davlat unitar korxonasi dasturchisi Navro‘z Shoymardonov mahallalararo ma’lumot almashish tizimini yaratdi. Bu haqda O‘zbekiston intellektual mulk agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Dastur respublika, viloyatlar, shahar va tuman mahallalari o‘rtasida o‘zaro ma’lumot almashishni ta’minlashga mo‘ljallangan.
Mazkur dastur mahallalararo ma’lumot almashinuvini ta’minlash, e’lonlar va topshiriqlar bilan tanishtirib borish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot va xabarnoma xizmati hamda boshqa qulayliklarga ega.