"Turkiston" va "Istiqlol" san’at saroylari Toshkent shahar hokimiyati tasarrufidan chiqarildi

© Commons.wikimedia / Arian Zwegers"Istiqlol" san’at saroyi
Istiqlol san’at saroyi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu qaror madaniy-ommaviy tadbirlarni yuqori darajada o‘tkazishni kengaytirish maqsadida qabul qilingan

TOShKENT, 17 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Istiqlol" va "Turkiston" san’at saroylarini yangi tuzilgan Madaniyat vazirligi tasarrufiga o‘tkazishga ko‘rsatma berdi, deb xabar qilindi O‘zbekiston TIV rasmiy saytida.

Shu vaqtga qadar bu saroylar Toshkent shahar hokimiyati ixtiyorida edi.

Konsert - Sputnik O‘zbekiston
Kun savoli: "O‘zbeknavo" tugatildimi?
Bu qaror madaniy-ommaviy tadbirlarni yuqori darajada o‘tkazishni kengaytirish maqsadida qabul qilingan. Ularning o‘z daromadlari bilan qoplanmaydigan qismidagi xarajatlarini moliyalashtirish uchun respublika budjetidan mablag‘ ajratilishi belgilangan.

"Istiqlol" san’at saroyi — O‘zbekistondagi asosiy konsert zali bo‘lib, 1981-yilda ochilgan. 2006-yilgacha Xalqlar do‘stligi saroyi deb nomlangan.

"Turkiston" san’at saroyi O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan 1993-yilda ochilgan. Mazkur zalda ko‘proq yoshlarbop tadbirlar, mahalliy va xorijiy san’at arboblari konsertlari bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0