TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Rossiya yil oxirigacha SSSRning hamma tashqi qarzlarini uzadi, deb xabar qildi RIA Novosti.
Xabarga ko‘ra, Rossiya sobiq Ittifoqning tashqi qarzlarini uzishni yakuniga yetkazmoqda. So‘nggi transh shu yil Bosniya va Gersogovinaga o‘tkaziladi.
Rossiya Iqtisodiyot vazirligi o‘tgan haftada Makedoniya oldidagi 60,6 million dollar qarzini uzgani haqida axborot bergan va shu paytdan e’tiboran faqat Bosniya va Gersogovina oldida qarzi qolganini ta’kidlab o‘tgan.
Rossiya Iqtisodiyot vazirligi matbuot-xizmati ushbu qarz 2017-yilgi davlat budjeti hisobiga uzilishini ma’lum qilgan.
Vazirlik rasmiy hujjatlariga ko‘ra, bu maqsadni amalga oshirish uchun 512,3 milliard rubl mablag‘ tikilgan.