"Lukoyl" O‘zbekistonda sotadigan benzinining narxi haqidagi xabarlarni tasdiqlamadi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishAYoQSh
AYoQSh - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgariroq ayrim internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarda kompaniya O‘zbekistonda ochayotgan ilk AYoQShda narxlar belgilangani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi

TOShKENT, 16 fev — Sputnik. "Lukoyl"ning O‘zbekistondagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida sotiladigan yoqilg‘i narxlari haqidagi xabarlar inkor etildi. Bu haqda kompaniyaning O‘zbekistondagi vakolatxonasi Facebookdagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

"Do‘stlar, LUKOIL AYoQSh faoliyatiga qiziqish bildirganingizdan minnatdormiz. E’tiboringizni shoxobchada sotiladigan yoqilg‘i narxlari haqida tarqalgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligiga qaratmoqchimiz. To‘liq va ishonchli ma’lumotni faqat bizning https://www.facebook.com/LUKOILUz sahifamiz orqali bilishingiz mumkin. Yangiliklarimizni kuzatib boring», — deyiladi xabarda.

Ilgariroq ayrim internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarda kompaniya O‘zbekistonda ochayotgan ilk AYoQShda A-92 benzini 1 litri uchun 3000 so‘m, A-95 benzini 1 litri uchun 3 200 so‘m, dizel yoqilg‘isi 1 litri uchun esa 2 800 so‘m narxlar belgilangani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Yangiliklar lentasi
0