Buxoroda 21 yoshli yigit o‘z qarindoshini bexosdan otib o‘ldirdi

© Sputnik / V. Noskov / Mediabankka o‘tishOv miltig‘i
Ov miltig‘i - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Otasining ov miltig‘ini so‘ramasdan olgan yigitning qilmishi qimmatga tushdi

TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Buxorolik 21 yoshli yigit otasining ov miltig‘idan qarindoshini otib o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda nuz.uz xabar qildi.

Buxoro viloyati, Jondor tumanida yashovchi 21 yoshli yigit otasidan so‘ramasdan "TOZ-34" rusumli ov miltig‘ini oladi. U ovga borishni mo‘ljallagandi. Biroq uyidan uncha uzoqlashmay turib "Matiz" avtomobilini minib kelayotgan qarindoshi bilan uchrashib qoladi.

IIV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ular miltiqni siltab bir-biri bilan hazillashishadi. Shu payt miltiq otilib ketadi va "Matiz" haydovchisiga tegadi. Yigitning qarindoshi voqea joyida hayotdan ko‘z yumadi.

Yigit tezkor xodimlar tomonidan qo‘lga olingan.

Ushbu holat yuzasidan prokuratura tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0