Haj so‘zi "qasd qilish" degani. Ya’ni maxsus amallarni, ma’lum joyda, muayan vaqtda ado etish ma’nosini bildiradi. Shu o‘rinda maxsus joy — Kaaba va Arafot, muayan vaqt — Haj mavsumi, ya’ni Shavvol, Zulqa’da va zulhijja oylarining birinchi o‘n kuni. Maxsus amal esa — Tavof qilish va Arafotda turishdir. 2017-yilda Haj mavsumi 31-avgust – 5-sentabr kunlariga to‘g‘ri keladi.
Umra ziyoratida Tavof va Sa’y amallari bajariladi. Mino vodiysi, Arafot tog‘i va Muzdalifaga borilmaydi. Shuningdek Umra yilning istalgan vaqtida o‘tkazilishi mumkin.
Umra va Haj ziyoratlari haqida infografikamizda batafsil tanishing.