TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Gruziya politsiyasi xodimlari Batumi aeroportida Interpol bilan hamkorlikda O‘zbekistonda terrorizmda ayblanayotgan AQSh fuqarosini qo‘lga oldilar, deb xabar berdi RIA Novosti Gruziya IIV matbuot xizmatiga tayanib.
"Tbilisi Interpoli va IIV patrul politsiyasining Ajariya departamenti "Batumi aeroporti" nazorat-o‘tkazish punkti xodimlari hamkorlikda o‘tkazgan operatsiya natijasida Batumi aeroportida Toshkent Interpoli tomonidan xalqaro qidiruvda bo‘lgan AQSh fuqarosi, 1978-yilda tug‘ilgan L.K. qo‘lga olindi",- deyiladi xabarda.
L.K. O‘zbekiston Jinoyat kodeksining terrorizm, jinoiy uyushma tuzish, qo‘poruvchilik sodir etish va o‘qotar qurollarni qonunga xilof ravishda egallash moddalari bilan aybdor deb topilgan.
Vazirlikning ma’lum qilishicha, hozirda qo‘lga olingan shaxsni ekstraditsiya qilish uchun zaruriy choralar ko‘rilmoqda.