TOShKENT, 15 fev — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Qrim yarimoroli Rossiya Federatsiyasi tarkibiga AQShning oldingi ma’muriyati davrida kiritilganini eslatib o‘tdi va Amerikaning sobiq rahbari Barak Obama Rossiyaga nisbatan o‘ta yumshoq bo‘lmadimikin, degan savolni o‘rtaga tashladi, deb xabar qildi RIA Novosti.
"Qrim Rossiya tomonidan Obama prezidentligi davrida olingan. Obama Rossiyaga nisbatan o‘ta yumshoq bo‘lganmidi?", — deb yozgan Tramp o‘zining Tvitterdagi mikroblogida.
Sal oldin Oq uy matbuot kotibi Shon Spayser Tramp Rossiya Ukrainada tinchlikni yuzaga keltirishga kirishishi va "Qrimni qaytarishini" kutayotganini ma’lum qilgan edi.