SSSR Afg‘onistonda qolishi kerak edi - ekspert

© Sputnik / Maksim BlinovDmitriy Puchkov (Goblin)
Dmitriy Puchkov (Goblin) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
SSSR Afg‘onistondan qo‘shnlarini olib chiqqaniga bugun 28-yil bo‘ldi. 1989-yilning 15-fevralida Sovet Ittifoqining eng so‘nggi askari Afg‘onistonni tark etgan edi.

TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Rossiyalik bloger, tarjimon va Afg‘oniston urushi haqidagi yolg‘onlarni fosh qiluvchi ekspert Dmitriy Puchkov (Goblin) Sputnik muxbiri bilan suhbat qildi.

"Odamlar bu haqda faqat televizor aytgan gaplarni eslaydi. Agar televizor hech narsa aytmasa — ular buni eslamaydi. Urush qatnashchilari esa — hech qachon esdan chiqarmaydi", — dedi afsus bilan Goblin.

O‘shanda, 10-yillik urushdan keyin Afg‘onistondan qo‘shnlar oli chiqilganda hamma yengil nafas olgandi, lekin Afg‘onistonga faqat muammolar manbai sifatida qaramaslik kerak. To‘g‘ri 10-yillik urushda 14,5 ming Ittifoq askarlari qurbon bo‘ldi, bu ko‘pmi kammi mulohaza qilish qiyin, lekin undan keyin nima bo‘lganini hech ko‘rishni istamayapti.

Undan keyin esa u yerga amerikaliklar kelishdi va narkotik moddalar ishlab chiqarish 40 baravariga oshdi. Bugun esa Rossiyada har yili 100 ming yoshlar narkotik moddalar iste’mol qilish oqibatida qurbon bo‘lmoqda. 10-yilda — 1 million kishi qurbon bo‘ldi.

"Nima uchun Sovet Ittifoqi, shundoq yonginasida joylashgan Afg‘oniston bizga kerak emas deb hisoblaganiga tushunish qiyin. Yer sharining u chetida joylashgan amerikaga bo‘lsa u nimagadir kerak. Biz esa Afg‘onistondan voz kechganimiz uchun har yili 100 minglab kishilar hayoti bilan to‘layapmiz", — dedi Dmitriy Puchkov.

Sovet Ittifoqi qo‘shnlari Afg‘oniston hududida 1979 — 1989-yillar davomida bo‘lga. Ushbu davr mobaynida Afg‘onistonda minglab kilometr yo‘llar qurildi, tibbiy muassasa, maktablar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Dmitriy Puchkov (Goblin): pomnyat pro voynu v Afganistane tolko uchastniki
Yangiliklar lentasi
0