O‘zbekistonga sovuq havo yaqinlashmoqda: shamol tezligi soniyasiga 22 metrni tashkil qiladi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishQor yog‘ib, shamol esmoqda
Qor yog‘ib, shamol esmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublikaning tog‘li tumanlarida sel kelish va qor ko‘chish xavfi bor

TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Cinoptiklar ma’lumotiga ko‘ra, 17-fevraldan boshlab O‘zbekistonda ob-havo keskin o‘zgaradi. Sovuq tushadi. Mamlakat bo‘ylab vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchiliklar kuzatiladi.

Respublikaning tog‘li tumanlarida sel kelish va qor ko‘chish xavfi bor.

Joylarda tuman tushadi.

Qor uyumini tozalash - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonliklar diqqatiga: Favqulodda vaziyatlar vazirligidan tezkor xabarnoma
17-19 fevral kunlari respublika hududi bo‘ylab yomg‘ir va qor yog‘adi. Shamol soatiga 17-22 m/s kuchayishi mumkin. 20-22 fevral kunlari havo harorati tunda 7-12 ˚S sovuq, kunduzi 0-5 ˚S sovuq bo‘ladi.

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 16-fevral kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechqurun yomg‘ir yog‘adi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 10-12 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 9-14 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Moskvada g‘ayritabiiy sovuq - Sputnik O‘zbekiston
Yaqin kunlarda O‘zbekistonga Rossiya hududidan sovuq havo oqimi kirib keladi
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘lib, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0