Parkentda pensionerni talagan bosqinchilar ushlandi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishpanjara ortida
panjara ortida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Talonchilar 500 ming so‘m pul, ikki dona Nokia telefoni va brendi ichimligini olib chiqib ketishgan

TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Uch noma’lum shaxs Toshkent viloyati Parkent shahrida yashovchi fuqaroning uyiga kirib, 63 yoshli uy bekasini pichoq bilan qo‘rqitishgan.

So‘ngra ular uni urib, oyoq-qo‘llarini bog‘lashgan va 500 ming so‘m pul, ikki dona Nokia telefoni va brendi ichimligini olib chiqib ketishgan.

Ichki ishlar xodimlari jinoyat sodir etganlarni "issiq izida" qo‘lga olishdi. Ular Parkent shahri va Yuqorichirchiq tumanida yashovchi shaxslar bo‘lib chiqishdi, deb yozadi O‘zbekiston IIV matbuot xizmati.

Ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0