TOShKENT, 14 fev – Sputnik. Poytaxtning uch banki o‘z ustav kapitalining bir qismini sotish evaziga chet el sarmoyadorlarini jalb qilish majburiyatidan ozod qilindi, deb xabar qilmoqda ut.uz nashri.
Banklar uchun bunday imkoniyat Vazirlar Mahkamasi 2017-yilning 6-fevralida qabul qilgan 59-sonli qaroriga asosan paydo bo‘ldi. Qarorga ko‘ra Asaka-bank, Ipoteka-bank va O‘zsanoatqurilishbanklari aholi uchun nazorat qilinadigan narxlarda ijtimoiy muhim xizmatlar ko‘rsatayotgan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hukumatining 2016-yil avgustida qabul qilingan qariga binoan Respublikaning 87 ta eng yirik aksiyadorlik jamiyatlari 2017-yilning oktabr oyiga qadar o‘z ustav kapitalining kamida 15% ini chet ellik sarmoyadorlarga sotishi kerak.
Ushbu tashkilotlar orasida "O‘zbekneftegaz", "O‘zbekiston Temir yo‘llari", "O‘zbekenergo", "Toshkent qishloq xo‘jalik texnikasi zavodi", "Samarqand vino zavodi", "Jizzax plastmassa", "Navoiazot", "Qo‘qon superfosfat" kabi mamalkatning yirik xo‘jalik subyektlari o‘rin olgan.