TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Malayziya politsiyasi mamlakatda halok bo‘lgan Shimoliy Koreya fuqarosi — Kim Chen nam, ya’ni Shimoliy koreya yetakchisi Kim Chen Inning akasi ekanligini tasdiqladi, deb xabar qilgan RIA Novosti.
Nashrga ko‘ra, huquqni muhofaza qilish organlari Kim Chen Nam vafoti sabablarini aniqlashga muvaffaq bo‘lmaganlar.
Ular g‘oyib bo‘lishga ulgurganlar.
Politsiya bu ayollar Shimoliy Koreya agentlari bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda, deb xabar qilgan telekanal.
Kim Chen Nam — KXDRning sobiq rahbari Kim Chen Irning to‘ng‘ich o‘g‘li. U mamlakatni tark etganiga ko‘p vaqt bo‘lgan. Shu kunga qadar Makaoda yashab, biznes bilan shug‘ullangan. Bir vaqtlar mamlakatga aynan Kim Chen Nam rahbarlik qilishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar tarqalgan edi. Ammo bunday bo‘lmadi, boshqaruv postini kenja o‘g‘il Kim Chen In egalladi.