TOShKENT, 13 fev — Sputnik. O‘zbekistonda UzGazOil avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarini qayta nomlash ishlari boshlandi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar bermoqda. Endi ular "O‘zbekneftegaz" deb nomlanadi va milliy xolding kompaniyasining firma timsoliga ega bo‘ladi.
Yonilg‘i quyish shoxobchalarini rebrending qilish jarayoni haqidagi xabarlar besh yilcha avval paydo bo‘lgandi. O‘shanda "O‘zbekneftegaz" vakillari mamlakatda eng zamonaviy standartlar asosida ishlaydigan yagona AYoQShlar tarmog‘i barpo etish rejasini ma’lum qilgandi.
Bugungi kunga kelib, Toshkent shahridagi aksariyat AYoQShlar yangi brend nomi yozilgan tablolarga ega bo‘lgan.
2011 yili UzGazOil kompaniyasining 100% aksiyasi "O‘zbekneftegaz" MXK hisobiga o‘tkazilgandi.