"Koinot go‘zali - 2017" tanlovida O‘zbekistondan to‘rt ishtirokchi qatnashmoqda

© Beauty of universeTanlov ishtirokchisi Anastasiya Polovinkina
Tanlov ishtirokchisi Anastasiya Polovinkina - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Koinot go‘zali" tanlovi jahon miqyosidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyiha bo‘lib, unda turmushga chiqmagan 18-26 yoshli qizlar qatnashishlari mumkin.

TOShKENT, 10 fev — Sputnik. "Koinot go‘zali — 2017" xalqaro go‘zallik tanlovining chorak final bosqichida o‘zbekistonlik to‘rt nafar sohibjamol keyingi bosqichga chiqish uchun bellashadi.

Ishtirokchilarga ovoz berish 17-fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:00da yakuniga yetadi. Eng kam ovoz olgan ishtirokchi tanlovning keyingi bosqichida qatnashmaydi. Qolgan uch ishtirokchi esa o‘zlari va yashab turgan joylari haqida qiziqarli videolavha yozganlaridan so‘ng yarim finalda kurash olib borishadi.

Aneta Sultanova - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentlik qiz "Koinot go‘zali" tanlovi chorak finaliga chiqdi

"Koinot go‘zali — 2017" tanlovining saralash bosqichi uch oy ilgari boshlangan bo‘lib, uning chorak finalida O‘zbekistondan tashqari Rossiya, Qirg‘iziston va Chexiyadan kimlar ishtirok etishi aniq bo‘ldi.

"Koinot go‘zali" tanlovi jahon miqyosidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyiha bo‘lib, unda turmushga chiqmagan 18-26 yoshli qizlar qatnashishlari mumkin.

Mazkur tanlov shaxsni shakllantirish, oilaviy qadriyatlar va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

"Koinot go‘zali" tanlovi g‘olibasi pul mukofoti, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. U shuningdek, xalqaro brendlarning fotosessiyalari hamda qiziqarli ijtimoiy loyihalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0