TOShKENT, 13 fev – Sputnik. Toshkentning Yunusobod tumanida 9-fevral kuni sodir bo‘lgan mudhish YTHda 4 kishi qurbon bo‘lgan, deb xabar qilmoqda IIV matbuot xizmati.
Xabarda aytilishiga, 9-fevral kuni soat 22:30 atrofida, Yangi shahar va Yangi Yunusobod ko‘chalari kesishmasida Matiz va Spark avtomobillari to‘qnashib ketgan. Ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida 4 nafar fuqaro halok bo‘lgan va 4 nafar fuqaro og‘ir tan jarohati olgan.
Dastlabki surishtiruv natijasida, ushbu mudhish YTH "Spark" avtomashinasi haydovchisi, 1989-yilda tug‘ilgan B.M. Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, chorrahaga katta tezlikda kirib kelgani tufayli sodir bo‘lgani aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, dastlabki xabarda Sputnik voqea guvohlari so‘zlariga asosan, ushbu YTH oqibatida 7 kishi qurbon bo‘ldi deb xabar bergan edi, lekin keyinchalik ushbu xabar o‘z tasdig‘ini topmadi.