Shavkat Mirziyoyev Vyetnam prezidentini O‘zbekistonga taklif qildi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinyal uchastie v sammite ATES v Peru
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v sammite ATES v Peru - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vyetnam prezidenti ikki mamlakat orasida to‘qimachilik, farmatsevtika, fermerchilik, poyabzal sanoati va sayyohlik sohalarida hamkorlikni rivojlantirilishi mumkinligini ta’kidladi.

TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Vyetnam poytaxti Xanoyda O‘zbekiston Bosh vazirining qishloq va suv xo‘jaligi ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Zoyir Mirzoyev Vyetnam prezidenti Chan Day Kuang bilan uchrashuv o‘tkazdi, ut.uz xabariga asosan.

Zoyir Mirzayev Chan Day Kuangga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning  O‘zbekistonga taklifnomasini topshirdi.

Bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida Vyetnam prezidenti O‘zbekiston va Vyetnam orasida to‘qimachilik, farmatsevtika, fermerchilik, poyabzal sanoati va sayyohlik sohalarida hamkorlikni rivojlantirilishi mumkinligini ta’kidladi.

O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Zoyir Mirzoyev ham ushbu fikrga qo‘shilib, O‘zbekiston savdo-iqtisodiy va moliya-sarmoya sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini xabar qildi.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yilda O‘zbekiston va Vyetnam orasida savdo-munosabatlari 37,42 mln $ ni tashkil qildi.

 

Yangiliklar lentasi
0