Turkmanistonda prezident saylovi bo‘lib o‘tmoqda

© Sputnik / Sergey Subbotin / Mediabankka o‘tishAshxobod
Ashxobod - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkmaniston prezidenti lavozimiga sakkiz nomzod qo‘yilgan. Mamlakat qonunlariga ko‘ra, saylovda ishtirok etgan fuqarolar sonidan qat’iy nazar saylov bo‘lib o‘tgan hisoblanadi.

TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Bugun Turkmanistonda prezident saylovi bo‘lib o‘tmoqda, RIA Novosti xabariga asosan.

Saylov soat 07:00 da boshlanib 19:00 da yakunlanadi. Mamlakat bo‘ylab 2587 saylov uchastkalari ochilgan, ulardan 39 tasi Turkmanistonning chet mamlakatlarda joylashgan vakolatxonalari huzurida. Saylovdi ishtirok etish uchun 3 million 223 ming 455 kishi ro‘yxatga olingan.

Turkmanistonda amal qilayotgan qonunlarga ko‘ra, saylovda ishtirok etgan fuqarolar sonidan qat’iy nazar, saylov bo‘lib o‘tgan deb hisoblanadi. Prezident bo‘lish uchun saylovda ishtirok etgan saylovchilarning yarmidan ko‘pining ovoziga ega bo‘lish kerak.

Mamlakat prezidenti lavozimiga sakkiz nafar nomzod ro‘yxatdan o‘tgan. Ular orasida Turkmanistonning amaldagi prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov ham bor.

2016 yilda mamlakat Konstitutsiyasiga  o‘zgarish kiritilib prezident vakolati muddati 5-yildan 7-yilga uzaytirilgan edi. Ushbu saylov Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgarishdan keyingi birinchi saylov bo‘ladi.

Turkmaniston prezidenti saylovi O‘zbekiston va yana bir necha mamlakatdan kelgan kuzatuvchilar nazorati ostida bo‘lib o‘tmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0