Toshkent - Samarqand yo‘lining Qozog‘istondan o‘tgan qismi bir-ikki haftada ochiladi

Obuna bo‘lish
Ushbu yo‘ldan o‘tayotgan O‘zbekiston fuqarolari migratsiya kartalari to‘ldirishi kerak bo‘ladi xolos. Pasportlarga pechat bosilmaydi va hech qanday to‘lov olinmaydi.

TOShKENT, 12 fev — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston fevral oyining oxirigacha  M-39 yo‘lining Qozog‘istondan o‘tgan qismini rekonstruksiya qilishni yakunlashga kelishib olishdi, bu xaqda Sputnik muxbiriga Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Yerik Utembayev xabar qildi.

Uning so‘zlariga qaraganda O‘zbekiston va Qozog‘iston tomonari yo‘lni ochish uchun kerakli tayyorgarlikni izchil ravishda olib borgan. Xususan, ikki mamlakatning chegaradan o‘tkazish postlari belgilab olingan va ular tunu-kun ishlash tartibiga o‘tkazilgan.

"Oldin postlar faqat kunduzi ishlar edi, endi bo‘lsa ulardan ikkitasi tunu-kun ishlash tartibiga o‘tkazilgan. Asosiysi O‘zbekiston fuqarolariga Qozog‘iston chegarasidan o‘tish jarayoni osonlashtirildi. Qozog‘iston hududuiga kirishda O‘zbekiston fuqarolari migratsiya kartochkalari to‘ldiradi, chiqishda esa uni topshiradi. Pasportlarga shtamp qo‘yilmaydi", — dedi diplomat.

Migratsiya kartochkalari shaxsiy tartibda xususiy avtomobilda o‘tayotganlar va guruh bilan avtobusda o‘tayotganlar uchun ham amal qiladi. Chegarada o‘tishda hech qanday to‘lov olinmaydi.

M-39 yo‘li - Sputnik O‘zbekiston
Jizzax-Toshkent yo‘lining Qozog‘istondan o‘tgan qismi ochiladi

"Biz harakatni fevral oxirigacha ishga tushiramiz. Qozog‘iston tomonidan qilinishi kerak bo‘lgan barcha amaliyotlar yakunlandi. O‘zbekiston tomonidan ham barcha kerakli ishlar bajarilganidan keyin birgalikda chegarani ochamiz. Bu yaxshi qadam bo‘ldi, bu turistik oqimlar ko‘payishiga xizmat qiladi", — dedi Yerik Utembayev.

Bugungi kunda qozg‘istonlik yo‘lchilar, avtoyo‘lni qayta ochish uchun kerak bo‘ladigan  rekonstruksiyaning birinchi bosqichini yakunlagan. Keyinchalik esa yo‘lning ushbu  qismi eng yuqori standarlar darajasiga yetkizish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, M-39 yo‘lining Qozog‘istondan o‘tgan qismi 2006-yilda berkitilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0