TOShKENT, 11 fev — Sputnik. 2017-yil 10-fevral kuni Moskva vaqti bilan 16:05da Tula oblasti Chernsk rayoni Popovka qishlog‘idagi "Maksim Gorkiy" MChJ omborxonasining tom qismi qulab tushishi sodir bo‘lgan.
Natijada 3 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari voqea joyida halok bo‘lgan, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
O‘zbekiston fuqarolari — Oybek Iskandarov, Hasanboy Ro‘zimetov va Xurshid Qurbonovlar Rossiyada halok bo‘lishgani xabar qilinmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi FVV va TIV tomonidan vafot etganlarning oila a’zolariga zaruriy yordam ko‘rsatish choralari olib borilmoqda.