TOSHKENT, 10 fev — Sputnik. Mazkur ixtiro yongʻin oʻchirish texnikasida qoʻllanilib, pirotexnikadan foydalanmay turib ishlay oladigan, yongʻin oʻchiruvchi gazni bir maromda oʻtish yoʻli bilan yongʻinni oʻchira oladigan gazli konteynerdir.
Ushbu tsilindr shaklidagi konteyner korpusdan iborat boʻlib, korpusning old qismida zarbli mexanizm oʻrnatilgan, deb xabar beradi Oʻzbekiston intellektual mulk agentligi matbuot xizmati.
Ixtiro hammualliflari Baxtiyor Mavlyankariyev, Hayot Sharipov, Yuriy Bobilev, Bahodir Hotamov, Andrey Pen va Erkaboy Sobirovlar ushbu ixtiro uchun IAP 05316 raqamli patent oldilar.