Toshkentda mast haydovchining aybi bilan 7 kishi halok bo‘ldi

© Sputnik / Ilya PitalevYTH
YTH - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, mashinalar to‘qnashuvida yo‘l chetida ketayotgan qiz ham jabrlangan

TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Kecha kechqurun Toshkentning Yunusobod tumanidagi 1-shahar bolalar klinik kasalxonasi yaqinidagi chorrahada dahshatli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, bir guruh mast yigitlar o‘tirgan Jizzax viloyatiga tegishli davlat raqamiga ega bo‘lgan "Matiz" katta tezlikda kelib "Spark" bilan to‘qnashgan. So‘ngra avtomobillar o‘sha paytda yo‘l chetida ketayotgan qizga urilgan.

DTP bliz Yangiyulya uneslo jizni dvux chelovek - Sputnik O‘zbekiston
Yangiyo‘lda mudhish YTH sodir bo‘ldi

Oqibatda "Matiz" ag‘darilib ketgan. "Spark"ning esa old qismi butunlay majaqlangan. Guvohlarning aytishlaricha, to‘qnashuv oqibatida 7 kishi halok bo‘lgan, ularning jasadlari 7-shahar klinik kasalxonasi morgiga olib ketilgan.

O‘zbekiston ichki ishlar vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan mazkur xabar borasida izoh bermadi va keltirilgan faktlarni hozircha tasdiqlamadi.

Yangiliklar lentasi
0