TOSHKENT, 10 fev — Sputnik. Nukus shahrida 1 martdan boshlab avtobus va yoʻnalishli taksilarda yoʻl haqini toʻlash uchun plastik kartochkalar orqali sotib olinadigan jetonlar chiqariladi. Bu haqda kruz.uz sayti yozmoqda.
"Qaraqalpaqtrans" avtomobilda yuk va yoʻlovchi tashuvchilar Respublika assotsiatsiyasining boʻlim boshligʻi Bahadir Ataniyazovning aytishicha, shahar ichida yoʻlovchilar oqimi koʻp yigʻiladigan joylarda maxsus shaxobchalar qoʻyilib, ular bank terminallari bilan taʼminlanadi. Yoʻlovchilar bank plastik kartochkalari orqali jeton sotib olish imkoniyatiga ega boʻladi.
Jetonlar hozirgi kundagi belgilangan yoʻl haqi miqdorida baholanadi va avtobuslar uchun sariq rangda, yoʻnalishli taksilar uchun kumush rangda tayyorlanadi.
"Davlat belgisi" davlat ishlab chiqarish birlashmasining "Toshkent zarbxona"siga jetonlar ishlab chiqarish uchun buyurtma berilgan.