Jamiyat

Mirziyoyev Surxondaryoda ishga tushiriladigan loyihalar bilan tanishdi

© IA "Jaxon"Shavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Prezident chorvachilik komplekslari yonida agrofirmalar tashkil etib, sut va goʻshtni qayta ishlash, raqobatdosh mahsulotlar tayyorlab, eksportga yoʻnaltirish zarurligini taʼkidladi

TOSHKENT, 10 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Surxondaryo viloyatiga tashrifi doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan qator loyihalar bilan tanishdi. Bu haqda "Jahon" AA xabar qildi.

Jumladan, Qiziriq tumanida Xalq banki tomonidan ikki ming bosh qoramol boqishga moʻljallangan zamonaviy chorva kompleksi barpo etilmoqda. 762 gektar maydonda qurilayotgan va qiymati 11,5 milliard soʻm boʻlgan ushbu majmuada yiliga toʻrt ming tonna sut, ikki yuz tonna goʻsht ishlab chiqariladi. 2,5 milliard soʻmlik zamonaviy asbob-uskunalar bilan taʼminlanadigan korxonada yuzdan ortiq kishi mehnat qiladi.

Termiz - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Prezident Surxondaryoda aholining daromadini koʻpaytirish yoʻlini aytdi

Prezident chorvachilik komplekslari yonida agrofirmalar tashkil etib, sut va goʻshtni qayta ishlash, raqobatdosh mahsulotlar tayyorlab, eksportga yoʻnaltirish zarurligini taʼkidladi.

Muzrobot tumanida parrandachilik kompleksi tashkil etilmoqda. Loyiha qiymati 5,5 million dollar boʻlgan mazkur parrandachilik kompleksida yiliga 59,1 million dona tuxum, 1,4 million dona joʻja va 198 tonna tovuq goʻshti yetishtirish, 100 ish oʻrni yaratish koʻzda tutilgan.

Joriy yilning sentyabr oyida ishga tushirilishi moʻljallanayotgan parrandachilik kompleksining umumiy maydoni 15 gektar boʻlib, shundan 2,5 gektarida ishlab chiqarish binolari joylashadi.

Yangiliklar lentasi
0