TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Toshkentning ayrim tumanlari yana quyuq tuman qurshovida qoldi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Ob-havo, ayniqsa, Bektemir va Chilonzor tumanlaridagi avtoulov egalariga chinakam "surpriz" hozirladi. Ertalab ko‘chalardagi ko‘rinish 5 metrni tashkil etgan. Ammo 9larga kelib vaziyat yaxshilana boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zgidromet sinoptigi Natalya Kucherova ilgariroq poytaxtda so‘nggi oylarda quyuq tuman holatlari tez-tez takrorlanayotgani sababini tushuntirgan edi. Kucherova tuman tushishiga sovuq antisiklon bilan izohlagan edi.