Nasiba Maqsudova 10-fevral kuni so‘nggi manzilga kuzatiladi

© darakchi.uzNasiba Maqsudova
Nasiba Maqsudova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nasiba Maqsudovaning qizi Iordaniyada bo‘lganligi sababli dafn marosimi 10-fevralga belgilangan

TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Taniqli boshlovchi Nasiba Maqsudovaning dafn marosimi 10-fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda "Darakchi" nashri xabar qilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Nasiba Maqsudovaning qizi Iordaniyada bo‘lganligi sababli dafn marosimi 10-fevralga belgilangan.

Xabarga ko‘ra, marhumaning janozasi 10-fevral kuni peshin vaqtida Do‘rmon, Ravon (tupik) ko‘chasida o‘qiladi.

Marosimda qatnashishni hohlovchilar uchun avtobus tashkil qilinadi. Avtobus ertalab 10:00 da Hamid Olimjon maydonidan (turargohi) yo‘lga chiqadi.

Marhumaning 1 o‘g‘il va 2 qiz farzandi bo‘lgan.

1948 yilning 12-aprel kuni tavallud topgan Nasiba Maqsudova 2017-yilning 8-fevral kuni 69 yoshida yurak xurujidan vafot etdi.

Yangiliklar lentasi
0