TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Pokiston Hindistonda "mahfiy yadro shaharchasi" qurilayotgani haqida e’lon qildi, deb xabar qildi RIA Novosti.
O‘z so‘zlariga dalil keltirmagan Zakariya, Hindiston shuningdek kontinentlararo ballistik raketa ustida hamda kontinentlararo ballistik raketalarni ushlab qolishga qodir raketa mudofaasiga qarshi tizimni yaratish ustida ish olib borayotganini ma’lum qilgan. Zakariya, o‘z bayonotiga qo‘shimcha tarzda Hindistonni Pokistonda amalga oshirilgan terrorchilik aktlariga homiylik qilayotganlikda ayblagan.
Assoshieyted Press nashri esa Hindiston tomon ushbu xabarni rad etayotganini yozgan.
Hindiston Tashqi ishlar vazirligi Zakariyaning ushbu bayonotini "asossiz ayblov" deb atagan. "Pokistonning mahfiy yadroviy shahar haqidagi xabari — uning xayolotida vujudga kelgan to‘qimadir", — deb aytgan Hindiston TIV vakili Vikas Svarup.