TOShKENT, 9 fev — Sputnik. O‘tgan 2016-yil davomida butun Rossiya bo‘ylab eng ko‘p o‘g‘irlangan avtombillar, odatdagidek LADA bo‘ldi (8500ta), chunki Rossiya ko‘chalarida hali ham "jiguli" juda ko‘p. Brendlar bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Toyota, uchinchi o‘rinda Hyundai va to‘rtinchi o‘rinda KIA bo‘ldi, deb xabar qilmoqda, Ugona.net sahifasi.
O‘g‘rilar eng "yaxshi ko‘rgan" avtoulov modellarga kelsak, bu yerda kutilmagan chempion Hyundai Solaris — 1540 ta bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinda Kia Rio — 1059 ta, uchinchi o‘rinda Toyota Camry — 967 ta.
Solaris va Rio avtomobillari Rossiyada juda ko‘p sotilgan va ularning aksariyati taksida ishlaydi. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, Hyundai Solaris va Kia Rio avtomobillarini o‘g‘irlash nisbatan oson ekan.
Toyota Camry — esa xalq orasida juda ommaviy. Bunday avtomobillar odatda markaziy yirik shaharlarda o‘g‘irlanib chetroqa joylashgan kichik shaharlarda sotiladi, yoki ehtiyot qismlarga bo‘linib sotilar ekan.
O‘tgan yili o‘g‘irlangan avtomobillar bo‘yicha keyingi o‘rinlarda Ford Focus (892ta), Toyota Corolla (649ta), Toyota Land Cruiser (622ta) egallagan. Daewoo Nexia esa — 12 o‘rinda. O‘g‘rilar bor yo‘g‘i 276 Neksiyaga ko‘z olaytirgan.