Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi Jahon bankidan uch taklif oldi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi Jahon banki taklif qilgan yo‘nalishlar borasida hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi

TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Davlat Turizmni rivojlantirish qo‘mitasida, qo‘mita raisi Anvar Sharapovning R.Nitti boshchiligidagi Jahon banki delegatsiyasi  bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.  

Uchrashuvda Jahon banki vakillari turizmri rivojlantirish sohasida katta tajribaga ega ekanliklarini ta’kidlashdi. Ular turizmni rivojlantirish borasida O‘zbekistonga uch maslahat berdishdi.

1. O‘rta  shaharlarni kompleks rivojlantirish natijasida turizmni rivojlantirish. Jahon banki "Samarqand viloyatida turizmni rivojlantirish" loyihasini qayta davom ettirishni taklif qildi.

2. Turizm sohasida chuqur izlanish va tahlil o‘tkazishda Jahon banki yordamidan foydalanish. Xususan Jahon banki O‘zbekiston Turzmni rivojlantirish qo‘mitasini Tokioda bo‘lib o‘tadigan, madaniy yodgorliklarni saqlab  qolish diskussiyasiga taklif qildi.

3. Turizm sohasida investitsion loyihalarni birgalikda amalga oshirish. Misol tariqasida yaqinda Jahon banki Gruziyada "Sog‘lomlashtirish va vino degustatsiyasi sayyohligini" rivojlantirish misol keltirildi.

O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi Anvar Sharapov boshchiligida Jahon banki taklif qilgan yo‘nalishlar borasida hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0