TOShKENT, 8 fev — Sputnik. O‘zbekistondagi eng mashhur bozorlardan biri — Samarqanddagi siyob bozorida ko‘psonli qurbonlarga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, bozorning harakat qismida avariya yuz bergan, buning oqibatida yo‘l chetida turgan ikkita avtomobilda yong‘in ro‘y bergan. Hodisa qurbonlarsiz kechgan, avtomobillardagi yong‘in zudlik bilan o‘chirilgan.
Internet foydalanuvchilari ro‘y bergan voqeada ko‘proq atrofdagilarning loqaydligidan norozi bo‘lishgan. Yong‘in tufayli avtomobillar portlashi mumkinligiga qaramay, ayrim "tomoshabinlar" hodisa joyidan uzoqlashishga shoshilmagan. Aksincha, avariya joyiga yanada yaqin kelib, mashinalarning yonishini tomosha qilgan va YHTni o‘z telefonlariga suratga olish bilan band bo‘lgan.