O‘zbekiston va Rossiya bir xil - o‘z taqdirini o‘zi belgilash prinsipini tan oladi - elchi

© IA "JAXON"Chrezvichayniy i Polnomochniy Posol Rossiyskoy Federatsii v Uzbekistane Vladimir Turdenev
Chrezvichayniy i Polnomochniy Posol Rossiyskoy Federatsii v Uzbekistane Vladimir Turdenev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Ikkala xalq ham zamonaviy dunyo tuzilishi borasida bir xil – ya’ni, har bir xalq, hech qanday “maslahatsiz”, o‘z taqdirini o‘zi belgilash prinsipini tan oladi. Aynan shuning uchun ham Rossiya va O‘zbekiston hamkorligi – muvaffaqiyatli kelajakka ega", - dedi Vladimir Turdenev.

TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Turdenev diplomatlar kasb bayrami munosabati bilan bayonot qildi, elchixona matbuot xizmati xabariga asosan.

Georgiy tasmasi - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya elchixonasi o‘zbekistonlik 100 yoshli faxriyni qutladi

O‘zbekiston va Rossiya munosabatlari asosida birgalikda kechgan boy tarix va xalqlarni bog‘lab turgan minglab rishtalar yotadi, — dedi Rossiya elchisi.

Turdenevning so‘zlariga qaraganda, Rossiya va O‘zbekiston  hamkorligining qalbi – bu ikki mamlakat xalqidir. Ularning ikkisi ham ma’naviy va madaniy aloqalarga yuksak baho beradi. Ushbu munosabatlar ko‘p yillik o‘zaro hurmat, do‘stlik va bir-biriga yordam berish prinsiplari asosida qurilgan.

“Bizning tashqi siyosatimiz, har bir mamlakat bilan — u istagan va tayyor bo‘lgan darajada – to‘laqonli do‘stona suhbat olib borishga qaratilgan,”- dedi Vladimir Turdenev.  

Eslatib o‘tamiz, ushbu yilning mart oyida Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston diplomatik munosabatlar o‘rnatganining 25-yilligi nishonlanadi.

O‘zbekiston va Rossiya orasida bugungi kunda ko‘plab shartnomalar imzolangan. Hamkorlik va ittifoqchilik haqidagi xalqaro shartnomalar siyosiy suhbatning mustahkam poydevoridir.

Yangiliklar lentasi
0