TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Moskvada 6-fevral kuni 24 xalqaro oziq-ovqat ko‘rgazmasi boshlandi. Unda dunyoning 57 mamlkatidan 2 mingdan ortiq kompaniyalar ishtirok etdi.
Ushbu ko‘rgazmada O‘zbekistonning «O‘zvinprom-xolding», «Toshkentvino kombinati», «O‘zbekiston shampani», «O‘zagroeksport», «Sladus-Produce», «Vazira-Biznes», «Class-Food-Service», «Intersok», «Tillaxon», «Mavis» va «HydroLife Agro Eco» kabi yetakchi xolding va kompaniyalari ishtirok etdi.
O‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar ko‘rgazmaga meva, sabzavot, yong‘oq, quruq mevalar, soklar hamda vino va aroq mahsulotlari olib kelishgan. O‘zbekiston mahsulotlari ko‘rgazma qatnashchilarida ulkan qiziqish uyg‘otdi.
Ko‘rgazmaning birinchi kunida O‘zbekiston stendiga vazir o‘rinbosari Gromiko boshchiligidagi Rossiya Qishloq xo‘jalik delegatsiyasi tashrif buyurdi.