Mirziyoyev: "Tug‘ruqxonalardagi poraxo‘rlikni tugatish shart"

© FacebookShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Barcha tug‘uruqxonalar bosh shifokorlarini chaqirib gaplashasizlar. Eng katta poraxo‘rlik tug‘uruqxonalarda. Buni yig‘ishtirish kerak. Men ogohlantirmoqdaman: bir oydan keyin juda katta tizim ishlaydi, aynan tug‘uruqxonalar va barcha tibbiy muassasalar bo‘yicha, - deb ogohlantirdi Mirziyoyev

TOShKENT, 8 fev — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 7-fevral kuni sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolar va sohaning rivojlanish istiqbollariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilgan kun.uz.

Mirziyoyev sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolarni chuqur tahlil qilib, ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, rahbarlar mas’uliyati va shaxsiy javobgarligi xususida atroflicha to‘xtalgan.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Tibbiyot sohasi - tanqiddan bir oy o‘tib
"Barcha tug‘uruqxonalar bosh shifokorlarini chaqirib gaplashasizlar. Eng katta poraxo‘rlik tug‘uruqxonalarda. Buni yig‘ishtirish kerak. Men ogohlantirmoqdaman: bir oydan keyin juda katta tizim ishlaydi, aynan tug‘uruqxonalar va barcha tibbiy muassasalar bo‘yicha. Men bugun sizlarni ogohlantirmoqdaman. Hech kim hech kimni himoya qilmaydi Adham Ilhomovich. Biz shunday texnologiyani amalga tatbiq etmoqdamizki, hammasini eshitamiz, hammasini ko‘ramiz. Tug‘uruqxonalarda esa hammasi eskicha davom etmoqda. Kerak bo‘lsa tug‘uruqxonalar sonini oshirish lozim. Bu poraxo‘rlikni tugatish shart. Tug‘uruqxonalarda bu muhitni yo‘q qilmasak, ular poraxo‘rlikni hayot normasi deb qabul qila boshlashdi. Albatta, tug‘dirganga pul berish kerak… Qayerda bu yozilgan? Hech qayerda yozilmagan. Hamma norozi", degan Mirziyoyev.

Yangiliklar lentasi
0