TOShKENT, 7 fev — Sputnik. AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp sobiq rahbar — Barak Obamaga yoqaman, deb hisoblashini aytdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Fox News telekanali tarqatgan xabarga ko‘ra, Trampning o‘zi ham Obamaga nisbatan yaxshi munosabatda ekanligini aytib o‘tgan.
"Biz kelishamiz. Bilmayman, u buni tan oladimi, yo‘qmi, ammo men unga yoqaman", — deb hikoya qilgan Tramp telekanalga bergan intervyusida. "U menga yoqadi, chunki men buni his qilaman", — deya qo‘shimcha qilgan u.
Ammo bunga qaramay, Tramp ilgariroq o‘zi va Obama bir-birlari haqida yomon gaplarni ko‘p gapirganliklarini tan olgan. "Siyosat — ajabtovur narsa", — deya xulosa qilgan u.