TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Tojikiston va Turkmaniston aviakompaniyalari samolyotlari O‘zbekistonda ta’mirlanadi, deb xabar qilmoqda kompaniya vakili.
Uzbekistan Airways Technics kompaniyasi qo‘shni mamlakat aviakompaniyalari samolyotlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash borasida bir qator qiziqarli takliflar qilmoqda, deydi kompaniya vakili.
"Biz Tojikiston bilan faol hamkorlik qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqdamiz. Bizning birinchi mijozimiz "Tojik eyr" bo‘ldi. Ularning o‘zi bizga Yangi yildan oldin rejadan tashqari ta’mirlash uchun murojaat qilgan edi. Mutaxassislarimiz bir sutka davomida shassi stoykasidagi suyuqlik oqishini to‘xtatishga muvaffaq bo‘lishdi", — dedi suhbatdosh.
Tojikiston delegatsiyasi Uzbekistan Airways Technics kompaniyasining ta’mirlash imkoniyatlari va Milliy aviakompaniyaning o‘quv-amaliyot markazi bilan tanishib chiqishdi va O‘zbekiston ta’mirlash maydonchasi hududdagi eng yaqin, demak eng qulay maydon ekanligini qayd etishdi.
Turkmaniston bilan hukumat delegatsiyalari darajasida muzokaralar olib borilmoqda. Hozir O‘zbekiston tomon bu borada Turkmanistonga o‘z taklifini taqdim etgan va va "Turkmaniston havo yo‘llari" samolyotlariga xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya tanlovida (tender) ishtirok etmoqda.
O‘tgan yili Uzbekistan Airways Technics 20 ta samolyotgan texnik xizmat ko‘rsatgan. Ulardan to‘rttasi chet el — Rossiya va Qozog‘iston samolyotlari bo‘lgan. Ayni damda kompaniya angarlarida Qozog‘istonning SCAT aviakompaniyasi samolyotlariga xizmat ko‘rsatilmoqda.