TOShKENT, 6 fev — Sputnik. Tashrif dasturidan bosh vazir shayx Jaber al-Muborak al-Hamad as-Sabah, bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri shayx Sabah al-Xolid al-Hamad as-Sabah, milliy majlis raisi Marzuq Ali Muhammad al-G‘anim bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish o‘rin olgan. Bu haqda mamlakat TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston delegatsiyasi O‘zbekiston-Quvayt biznes-forumi va boshqa qo‘shma tadbirlarda ham ishtirok etadi.
Tashrif davomida investitsiya, ta’lim va ilmiy tadqiqot sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.