TOShKENT, 6 fev — Sputnik. Rejisser Shuhrat Abbosov va "Dono Productions" kinokompaniyasi tomonidan suratga olingan "Yana mahallada duv-duv gap" filmining ilk tizeri paydo deb xabar qilmoqda "Darakchi" nashri.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, filmining asosiy voqealari Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon va Qo‘qon shaharlari hamda Rishton va O‘zbekiston tumanlarida, Toshkentda suratga olingan bo‘lib, unda 100 ga yaqin personaj qatnashgan.
Bosh qahramon rolini Dilbar Ikromova, uning uch o‘g‘lini — yosh aktorlar Erkin Bozorov, Sur’at Islomov, Abbos Ibragimovlar o‘ynagan.
Aktorlar jamoasi tarkibida ma’lum va mashhur akterlar bir talay: Husan Sharipov, Gulchehra Jamilova, Muqaddas Holiqova, Muyassar Berdiqulova, Madina Muxtorova, Valijon Shamsiyev, Dilshodbek Kattabekov, Mohira Nurmatova, Shodiya To‘xtayeva, Shirin Ismoilova, Laziza Nozimxonova, Zebiniso Holiqova, Kumush O‘ktamova.
Ushbu film haqida Uzbekiston Online telekanali tomonidan olingan ilk reportajni quyida tomosha qilishingiz mumkin.