TOShKENT, 6 fev – Sputnik. Turkiyada “Islom davlati” terrorchilik tashkilotiga aloqadorlikda ayblanib 750 kishi hibsga olindi, deb xabar qilmoqda Russia Today nashri, Turkiya Ichki ishlar vazirligiga asosan.
Turkiya bo‘ylab o‘tkazilgan keng ko‘lamli politsiya operatsiyasi natijasida 750 kishi qo‘lga olindi. Ular “Islom davlati” terrorchilik guruhi bilan aloqadorlikda ayblanmoqda. Qo‘lga olinganlar orasida 440 nafar chet el fuqarolari bor.
Maxsus operatsiya Turkiyaning 29 viloyatida bo‘lib o‘tdi. Biroz oldin Anqarada ID bilan aloqada gumon qilinayotgan 60 kishi hibsga olingani haqida xabar berilgan edi.